Xitoy dunyodagi ilk superkompyuterni namoyish qiladi

Agar siz norasmiy nomi "haddan ziyod superkompyuterlar" bo‘lgan eksaflops kompyuterlari haqida eshitmagan bo‘lsangiz, buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki hozircha ularning o‘zi yo‘q. Biroq bu yil hammasi o‘zgarishi mumkin. Xitoy yaqin oylarda dunyodagi ilk eksaflops superkompyuter prototipi yaratilishi haqida e'lon qildi. Tizim rejada ko‘rsatilgandek ishlaydigan bo‘lsa, u bir soniyada 1 kvintillion hisoblash operatsiyani ishlab chiqarishga qodir dunyodagi eng tezkor superkompyuter bo‘ladi.
Xitoy superkompyuter ilovalari milliy markazi shu haftada prototip qurilishi rejalashtirilgan vaqtdan (2018 yil) ilgariroq (2017 yil) tugallanishi mumkinligi haqida e'lon qildi. Shundan so‘ng prototipni to‘liq funksional modelga aylantirish uchun yana ikki yil kerak bo‘ladi, agar hammasi silliq kechsa, bu loyiha ishonchni oqlaydi.
"Eksaflops darajadagi superkompyuter hisoblash tizimi va uning ilovalari bo‘yicha ishlar 2020 yilda to‘liq tugallanishi kutilmoqda. Oxir-oqibat u mamlakatning birinchi superkompyuteri "Tyanxe-1"dan 200 karra kuchliroq bo‘ladi", - dedi Xitoy superkompyuter ilovalari milliy markazida faoliyat yurituvchi Zan Tin "Sinxua" agentligiga bergan intervyusida.
Ko‘rib turganingizdek Xitoy "Tyanxe-1"da to‘xtab qolmadi, mamlakatda "Tyanxe-2" ham yaratildi va u 2015 yilda dunyodagi eng kuchli kompyuter maqomini oldi.
O‘tgan yili Xitoy o‘zining yangi dunyodagi eng samarador superkompyuterini taqdim etdi - Sunway TaihuLight. Uning ishlab chiqarish samaradorligi 124,5 petaflopsni tashkil etadi - bu uni 100 petaflops chegarasini xatlab o‘tgan dunyodagi ilk hisoblash tizimiga aylantirdi.
Hozirda ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan "Tyanxe-3" prototipi bir soniyada kamida 1 kvitillion hisoblash ishlarini bajarishga qodir. Bu esa yangi darajadir. Qoidaga ko‘ra, kvintillionlar faqat Yer massasini matematik hisoblash (tonnada) yoki inson miyasidagi molekulalar miqdorini hisoblashda qo‘llaniladi.
Shuni ta'kidlash joizki, Xitoy - hozirda eksaflops darajadagi superkompyuter yaratish bilan shug‘ullanayotgan yagona mamlakat emas. AQShda ham shunday ishlar olib borilmoqda, uni 2023 yilda tugatishga va'da berishmoqda. AQSh energetika vazirligiga ko‘ra, uning superkompyuter loyihasi sanoatda haqiqiy inqilob qilishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, eksaflops darajadagi superkompyuterlar aniq tibbiyot, bioenergetika, energiyalar va suyuq substansiyalar o‘rtasidagi aloqalar, yangi fizik materiallar ixtirosi, dizayn, Koinotning fundamental kuchlari tadqiqotlarida qo‘llanuvchi jarayonlarni aniqroq simulyatsiya qila oladi.
Bugungi kunda Xitoyning ikki superkompyuteri dunyodagi eng samarador superkompyuterlar ro‘yxatining yuqori satrlarida qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:42
-
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qilishda davom etdi
Jahon | 20:08
-
Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqaldi
Jahon | 19:34
Mavzuga oid

18:52
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi

21:57 / 04.07.2025
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi

11:50 / 04.07.2025
Germaniya TIV rahbari Xitoyni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

19:37 / 03.07.2025