Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojik-qirg‘iz chegarasida chiqqan janjal "bosdi-bosdi" qilindi
Tojik-qirg‘iz chegarasida ikki davlat fuqarolari o‘rtasida mojaro chiqishi oqibatida Qirg‘izistonning Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi uch kishi uyining oynasi sindirildi. Bu haqda Turmush nashri muxbiri xabar bermoqda.
Avvalroq Qirg‘iziston chegara xizmatida ma'lum qilinganidek, 22 yanvarda Batken viloyatining Ko‘k-Tosh qishlog‘ida ikki davlatning chegara oldida yashovchi yoshlari o‘rtasida nizo chiqqan. Ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi dahanaki jang o‘zaro tosh uloqtirishga aylanib ketgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, nizo oqibatida ikki davlat fuqarolarining bir uyi va 4 avtomashinasiga shikast yetgan.


"Shu kunning o‘zida nizo bostirilgan. Ayni vaqtda chegara hududidagi vaziyatni ikki davlat mahalliy hokimiyat idoralari vakillari, militsiya xodimlari nazorat qilmoqdalar. Shu kunning o‘zida Qirg‘iziston va Tojikiston chegara xizmati vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unga ko‘ra ishchi tartibda xizmatni olib borish, chegaradagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish uchun barcha choralarni ko‘rish, voqea sabablarini tergov qilishga kelishib olindi. Tomonlar chegaraoldi hududlari aholisi bilan tushuntirish ishlarini faollashtirishga qaror qilishdi", deyilgan xabarda.

Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
18:39 / 23.04.2026