Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti O‘zbekiston TIV rahbarini qabul qildi
2017 yilning 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan Qarorgohi “Arg” saroyida qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazir Afg‘oniston Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurish taklifi qayd etilgan shaxsiy maktubini yetkazdi.
Muloqot davomida turli yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Afg‘oniston rahbariyatining siyosiy xohishi tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar butunlay yangi sur'at va xususiyatga ega bo‘ldi. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning faollashuvida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Uchrashuvda o‘zaro ahamiyat kasb etadigan xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026