21:40 / 24.01.2017
9486

Xitoyda bir joyda rekord miqdorda Tesla elektrokarlari to‘plandi

Foto: motor.ru

Xitoyda bir joyda rekord miqdorda Tesla elektrokarlari to‘plandi – o‘ziga xos paradda 145 ta Model S xetchbeki va yuzlab Model X krossoverlari ishtirok etdi. Ushbu natija Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

Elektrokrossoverlar tadbir davomida futbol maydonida "X" harfi ko‘rinishida tizilib turishdi, so‘ngra "rojdestvo shousi"ni ijro etishdi: maxsus rejim multimedia tizimidagi menyuning alohida bandi yordamida faollashtiriladi. Shundan keyin avtomobilni tark etish, eshiklarni yopish va brelokda qulflarni bloklash tugmasini bosish talab qilinadi. Mashina Wizards in Winter qo‘shig‘iga avtomatik ravishda yorug‘lik asboblarini betartib yoqishni va Model X’ning orqa eshiklarini harakatlantirishni boshlaydi.

2016 yil oxiriga ko‘ra, Xitoyda elektromobillar miqdori 600 mingdan oshib ketgan. Bu 2015 yildagidan 2 marta ko‘proqdir. 2030 yilga kelib Xitoy hukumati elektrokarlar hajmini 15 mln mashinadan ko‘proqqa oshirmoqchi. Bundan tashqari, quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini jiddiy kengaytirish rejalashtirilmoqda: 2020 yilgacha 5 mln gacha, 2025 yilgacha 20 mln gacha va 2030 yilgacha 80 mln gacha.

Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 200 ming dona Tesla elektromobili mavjud. 

 

Mavzuga oid
Top