Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyalik Nesquik idishida 13 ming yevrolik kokain moddasini topdi
Ispaniya fuqarosi Nesquik kompaniyasining eruvchan shokolad ichimligi idishida 250 gramm “kokain” giyohvandlik moddasini topib oldi. Bu haqda Heraldo gazetasi xabar berdi.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, Saragosa (Aragon muxtor hamjamiyati)da yashovchi fuqaro kakaoni oddiy ispan supermarketidan xarid qilgan. Erkak uyga kelgach, uning qadog‘i ochilib yotganini ko‘rgan. Idishni to‘la ochgan ispaniyalik kokain moddasi bo‘lgan paketni topdi. U kakao kukuni tagida yashirib qo‘yilgan.
Saragosa fuqarosi giyohvand moddani darhol politsiyaga olib borib berdi. Ta'kidlanishicha, topilgan modda qiymati qora bozorda 13 ming yevroga teng bo‘lishi mumkin. Huquqni muhofaza qilish organlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlashdi. Politsiya bu giyohvand moddalarni yetkazishning yangi uslubi bo‘lishi mumkin, degan shubhada. Do‘konda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yozuvlari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
17:50 / 25.10.2025
Narkokartellar sharbat va ziravorlarga kokain qo‘shishni boshladi
21:17 / 11.07.2025
Gvatemala sohillarida 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
19:19 / 29.06.2025