Yevropa narkokartellari kokainni taşişning yangi usullarini öylab topdi - endi uni hatto meva şarbati va ziravorlar içiga yaşirmoqda. Bu haqda Germaniya Federal jinoiy idorasi rahbari Holger Myunx uyuşgan jinoyatçilik faoliyati böyiça yangi hisobotni taqdim etar ekan, aytib ötdi.
Oçiq dengizda yuklarni yetkazib berişning an’anaviy sxemalaridan taşqari, kontrabandaçilar giyohvand moddalarni suv ostida yetkazib beriş uçun mini suvosti kemalari, tezkor şişirilgan qayiqlar va hatto maxsus kapsulalardan tobora köproq foydalanmoqda.
«Sönggi yillarda biz, şuningdek, uyuşgan jinoiy guruhlar tomonidan Janubiy Amerikadan Yevropaga yuboriladigan ziravorlar, meva şarbatlari yoki plastmassa kabi eksport tovarlariga kokain qöşiş uçun kimyoviy jarayonlardan foydalaniş tendensiyasini kuzatmoqdamiz», deb tuşuntirdi Myunx.
Kokain şunday aralaştiriladiki, uni port yoki aeroportlardagi tekşiruvda aniqlab bölmaydi. Keyin, Myunx sözlariga köra, u sanoat zonalarida joylaşgan noqonuniy laboratoriyalarda ajratib olinadi.
Qayd qilinişiça, sönggi yillarda kontrabandaning asosiy yönalişlari Belgiya va Niderlandiyadan Ispaniya va Fransiyaga köçgan.













