Jahon | 23:00 / 24.01.2017
3991
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada tibbiy yordam vertolyoti qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo/ Gregorio Borgia

Italiyada tez tibbiy yordam vertolyoti falokatga uchrashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda politsiya vakiliga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi.  

"6 kishi halok bo‘lgan. Vertolyot qoldiqlari yoniga kelgan shoshilinch brigadalar qurbonlarning jasadlarini turli joylardan chiqarib olishgan", deb ma'lum qildi politsiya vakili.

Falokat Abrutstso tog‘li viloyatida 24 yanvarda tushlikdan keyin yuz bergan. Vertolyot Italiyaning bu hududida o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan kuchli qorlar oqibatida jabrlangan aholiga yordam berish operatsiyasida ishtirok etgan. Taxmin qilinishicha, vertolyot 500 metr balandlikdan qulagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid