Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2010 yil voqealarida ayblangan qirg‘izistonlik huquq himoyachisi umrbod qamoqda qoladigan bo‘ldi
Qirg‘izistonning Chuy viloyat sudi huquq himoyachisi Azimjon Asqarovga nisbatan umrbod qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi. U 2010 yil Qirg‘iziston janubida sodir bo‘lgan etnik to‘qnashuvlarda millatlararo zo‘ravonliklarga undash hamda militsiya xodimini o‘ldirishga aloqadorlikda aybdor deb topilgan va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum etilgan edi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Taniqli huquq himoyachisi, asli o‘zbek Asqarov 2011 yili Qirg‘iziston Oliy sudi tomonidan sud qilingandi. 2016 yil iyul oyida BMT inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining xulosasiga ko‘ra, Asqarov "qiynoqlarga solingan va odil sud imkoniyatiga ega bo‘lmagan". Shundan so‘ng, Qirg‘iziston Oliy sudi o‘z qarorini bekor qilgan va uni qaytadan ko‘rib chiqish uchun yuborgan edi.
Yangi sud qarori o‘qilganidan so‘ng, Asqarov muddatsiz ochlik e'lon qilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
09:13 / 28.01.2026
Qirg‘iziston Rossiya ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026