Jahon | 16:23 / 24.01.2017
6364
1 daqiqa o‘qiladi

Minskda muhojirlarni tibbiy sug‘urtalash bo‘yicha kelishuv muhokama qilinadi

Bugun 24 yanvarda MDHning Minskdagi bosh qarorgohida mehnat muhojirlarini tibbiy sug‘urtalash masalasi muhokama qilinadi. 

Hujjat loyihasi Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u sog‘liqni saqlash sohasida davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, muhojirga o‘zi bo‘lib turgan mamlakatida tibbiy yordam olish imkoniyatini taqdim etadi, deb xabar qilmoqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati. 

Rejaga muvofiq, barcha mehnat muhojirlari va ularning oila a'zolariga, ularning maqomidan qat'iy nazar, o‘zlari bo‘lib turgan mamlakatda sug‘urta shartlari birdek amal qilishini ta'minlash nazarda tutilgan.
 
Kelishuv loyihasi ekspertlar tomonidan o‘rganilgach, belgilangan tartibda MDH hukumat rahbarlari Kengashi muhokamasiga kiritiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid