Naqd va naqdsiz hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi
Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasi joylandi. U naqd va naqdsiz pul aylanmasi o‘rtasidagi farqlarni bartaraf etish choralarini nazarda tutadi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
Xususan, plastik kartalardan hamma yerda foydalanish uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida to‘lov terminallarining ijara stavkalarini ikki barobar pasaytirish taklif etilmoqda. Bugungi kunda banklar tomonidan belgilangan ijara stavkasi oyiga 10 yevroga teng.
Shu bilan birga, bir plastik kartadan boshqasiga mablag‘larni o‘tkazish uchun tariflarni pasaytirish rejalashtirilmoqda. Yangi normalarning asosiy maqsadi – fuqarolik aylanmasi ishtirokchilari uchun naqd va naqdsiz to‘lovlar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishdir. Hozir bunday o‘tkazmalar uchun to‘lov tizimlari mablag‘ning miqdoridan 2 foiz olishmoqda.
Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy korxonalar, dehqon xo‘jaliklari uchun plastik kartalardan ishlab chiqarish, savdo va boshqa ehtiyojlari uchun erkin foydalanish imkoniyatlari kengayadi.
Naqd bilan to‘lash talablari hamda to‘lov usuliga bog‘liq holda narxlardagi farqlarni belgilashga (buning uchun chegirma taqdim qilish) yanada katta taqiq qo‘yiladi.
Shuningdek, banklar kredit kartalarni faolroq chiqara boshlashadi. Bugungi kunda plastik kartalarning aksariyati debet kartalardir. Ular faqat egasiga tegishli bo‘lgan va uning hisob varag‘iga oldindan o‘tkazilgan (qoidaga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan) mablag‘lardangina foydalanish imkoniyatini beradi. Kredit kartalar esa uning egasiga tovar va xizmatlarni keyinchalik qoplab berish bilan bankning hisobidan olishga yo‘l qo‘yadi. Shu tariqa, naqdsiz hisob-kitoblardan foydalanish uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil yuzaga keladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qurilish sohasida mehnat qilayotgan migrantlar soni 500 mingga tushib qoldi
Jahon | 18:26
-
Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin – OAV
Jahon | 18:22
-
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi
Jahon | 17:58
-
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

20:34 / 04.03.2022
Qonuniylikni buzgan bir nafar sudya lavozimidan ozod etildi, besh nafar sudya intizomiy jazoga tortildi

14:10 / 02.09.2020
Harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritildi. Yangi harbiy unvonlar joriy etildi

23:59 / 24.08.2020