Ötgan yil yangilangan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni ötaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlangan. U Prezidentning qarori – qonunosti hujjati bilan tasdiqlangan. 
 
Norma’ning yozişiça, şu munosabat bilan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida» va  «Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari rezervidagi xizmat töğrisida»gi qonunlarga tuzatişlar kiritildi. Ularga kiritilgan tuzatişlar turliça yuridik kuçga ega hujjatlarni özaro muvofiqlaştirdi.
 
Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • serjantlar tarkibining yangi harbiy unvonlari: qöşin unvonlari – III, II va I darajali serjant va kema tarkibidagi unvonlar – starşina va III darajali starşina. Ularni beriş va ulardan mahrum qiliş şartlari bayon etilgan;
  • kontrakt böyiça harbiy xizmatga qabul qilişning ança aniq qoidalari;
  • harbiy xizmatga qabul qiliş va undan böşatişning aniq mezonlarini belgilaş;
  • harbiy kiyim-keçakda yuriş qoidalarini belgilaydigan şaxslar doirasini özgartiriş – ularga harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qömitalari va idoralarning rahbarlari kiradi (ilgari – faqat Mudofaa vazirligi) va h.k.

 Qonun 26.08.2020 yildan kuçga kirdi.