Jahon | 23:59 / 24.08.2020
4135
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada kredit kartalar uchun bo‘sh raqamlar tugamoqda

Yaponiyada koronavirus pandemiyasi aholining kredit kartalar orqali ko‘proq onlayn xaridlar amalga oshirishiga olib keldi. Natijada kartalarning oxirgi oylarda chiqarilishi tezlashib ketib, kredit kartalar beruvchi mahalliy kompaniyalarda bir muammo paydo bo‘ldi: kredit kartalar uchun bo‘sh raqamlar kombinatsiyalari soni tugab bormoqda.

Foto: MTRK «MIR» / Androsova Mariya

“Mayniti Simbun” nashrining ta'kidlashicha, Yaponiyada kredit kartalar chiqarilishi hajmi o‘sishiga nafaqat pademiya, balki hukumatning aholining naqdsiz to‘lov shakliga o‘tishini rag‘batlantirish bo‘yicha dasturi olib kelgan: 2019 yil oktyabrdan beri kredit karta orqali amalga oshirilgan har bir xarid uchun foydalanuvchi hisobraqamiga bonus ballar yozib boriladi.  

Yaponiyada umumiy hisobda kartalarni beruvchi 280 ta emitent kompaniya faoliyat yuritadi. Ulardan aksariyat 16 ta raqamli kartalar chiqaradi. Bu kompaniyalarga Visa va MasterCard kabi to‘lov tizimlari bilan hamkorlik qilish imkonini beradi. Biroq endilikda emitentlar 17 ta raqamli kredit kartalarga o‘tish haqida o‘ylamoqda.  

Biroq bunda muammo shuki, birinchidan, bunday o‘tish xalqaro to‘lov gigantlari bilan hamkorlikka chek qo‘yadi. Ikkinchidan esa ushbu tarmoqqa yuz millionlab dollarga aylanishi mumkin. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, islohotlarni o‘tkazish va qalbaki kartalar oldini olishga sarf-xarajatlar 1 mlrd dollarga yetishi mumkin. Bundan tashqari, emitent-kompaniyalar avval chiqarilgan 16 ta raqamli 300 mlnta kartani nima qilish kerakligini – yoki ularni 17 ta raqam bilan yangitdan chiqarish, yoki bunday kartalar yangilari bilan bir qatorda qo‘llanilishini hal qilishi lozim bo‘ladi.

Mavzuga oid

E`lonlar