Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston qirg‘iz deputatini chegaradagi mojaroli vaziyatda ayblamoqda
Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari Qirg‘izistonning Botken tumanidagi Ko‘k-Tosh qishlog‘i mahalliy kengashi deputati Roziya Usarovani ikki davlat chegarasida bir qator mojaroli harakatlarni tashkil etishda ayblamoqda.
TR MXDQ matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevning «AP»ga ma'lum qilishicha, Roziya O‘sarova bir necha chegaradagi ig‘vo xatti-harakatlari markazida bo‘lgan.
«Uning maqsadi Tojikiston fuqarolarini ikki mamlakat chegarasidan So‘g‘d viloyati hududiga ichkariroq kirib ketishga yoki Qirg‘iziston fuqaroligini olishga majburlashdan iborat bo‘lgan», - deya ma'lum qildi Tojikiston MXDQ chegara qo‘shinlari matbuot kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 22 yanvar kuni taxminan 17:10 da Isfara shahrining Chorkuh jamoatidagi Somoniyon aholi punktida uch nafar mahalliy fuqaro – 32 yoshli Yosinjon Amakov, 17 yoshli Xayrulloxoni Alizoda hamda 16 yoshli Muslihiddin Sharipov taxminan 15 kishilik guruh tomonidan kaltaklangan. Ular boshqa davlat fuqarolari bo‘lgan.
M. Ulug‘xo‘jayevning eslatishicha, Somoniyon aholisi o‘z uyiga borishi uchun Qirg‘izistonning Ko‘k-Tosh qishlog‘idan o‘tishi lozim: aynan shu yerda tojikistonlik fuqarolar kaltaklangan.
«Voqea joyiga Isfara militsionerlar guruhi yetib keldi. Biroq yosh qirg‘izistonliklar ularga hujum qilib, uchta patrul mashinasining oynasini sindirishdi. Yosh bezorilar ikki davlat chegara qo‘shinlari vakillarini ham toshbo‘ron qilishgan, natijada bir nafar tojik chegarachisi yengil jarohat oldi. Shuningdek, ular Isfara shahrilik fuqaroga tegishli “Matiz” avtomashinasi oynasini va Isfaraning chegara yaqinida joylashgan aholi uyi derazalari ham sindirildi», - dedi Tojikiston chegara mahkamasi matbuot kotibi.
Uning ma'lum qilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida yuqoridagi ig‘vo harakatlarini «Qirg‘iziston fuqarolari Roziya O‘sarova va Zayniddin Huramov tashkil qilgani aniqlandi. U o‘sha paytda mast holda bo‘lgan».
Muhammad Ulug‘xo‘jayevning xabar berishicha, bugungi kunda hodisa yuz bergan joy huquqni muhofaza qilish organlari va ikki davlat chegarachilari tomonidan nazorat qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026