Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda quruqlikdagi qo‘shinlar tashkil etildi
Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari tarkibida quruqlikdagi qo‘shinlar tashkil etildi. Bu haqdagi farmonga prezident Almazbek Atamboyev imzo chekdi, deb xabar berdi davlat rahbari devonining axborot siyosati bo‘limi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari – quruqlikdagi birlashmalar va qismlarni boshqaruvchi organ bo‘lib, bosh shtabga bo‘ysunadi.
Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni o‘z lavozimiga prezident tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi. Bu mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni (prezident) tomonidan bosh shtab taqdimnomasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Qirg‘iziston quruqlikdagi qo‘shinlariga polkovnik Erlis Terdikbayev qo‘mondon etib tayinlandi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026