Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlamentda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilindi: bu kreditor va qarzdorlarga nima beradi?
25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Deputatlar e'tiboriga “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda taqdim etildi. Qayd etilganidek, hozirgi vaqtda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan xo‘jalik sudining apellyatsiya instansiyasi chiqargan qarorlar kassatsiya va nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, kreditorlar va qarzdorlarning yuqori turuvchi instansiyalarga sudlarning qarori ustidan shikoyat qilish borasidagi huquqlarini cheklaydi. Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mazkur cheklovni bartaraf etish imkonini beradi hamda kreditor va qarzdorlarga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishda ko‘proq erkinlik beradi. Muhokamadan so‘ng deputatlar qonun loyihalarini birinchi o‘qishda qabul qildilar.
Majlisda parlament a'zolari Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
11:42 / 18.03.2026
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetga tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda
18:21 / 18.02.2026