Jahon | 20:56 / 25.01.2017
7389
1 daqiqa o‘qiladi

Somali poytaxtida terrorchilik sodir etildi, qurbonlar bor

Foto:EPA

Sharqiy Afrika mamlakati Somali poytaxti Mogadishu shahrida amalga oshirilgan terrorchilikda kamida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 50dan ortiq odam yaralangan. Ikkita avtomobilga o‘rnatilgan bomba portlashi va qurollangan jinoyatchilarning Somali parlamenti binosi yaqinidagi mehmonxonaga hujum qilishi shunday ayanchli oqibatlarga olib kelgan. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qilmoqda

Ichki xavfsizlik vaziri Abdurazzoq Umar Muhammadning aytishicha, "Al Shabab" jangarilarining "Dayah" mehmonxonasiga hujumi oqibatida 10 fuqaro va 4 nafar jangari halok bo‘lgan, 51 kishi yaralangan. 

Ushbu hududdagi politsiya kapitani Muhammad Mustafning so‘zlariga ko‘ra, "Dayah" mehmonxonasi hukumat rasmiylari ko‘p tashrif buyurishi bilan mashhurdir. 

Mavzuga oid