Tojikistonda oltin qazib olish bo‘yicha rekord qo‘yilmoqda
Tojikistonning oltin qazib oluvchi korxonalari 2016 yil yakuni bo‘yicha 5 tonna oltin qazib olgan. Bu 2015 yilgi ko‘rsatkichdan 500 kilogrammga ko‘p demakdir. Respublika sanoat va yangi texnologiyalar vazirligida shu haqda ma'lum qilindi, deb xabar qilmoqda «ASIA-Plus» media guruhi.
Tojikiston oltin qazib olishni kuchaytirmoqda
Qazib olingan oltinning asosiy qismi – 3,3 tonnasi «Zarafshon» tojik-xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan. «Tilloi tojik» - 570 kg, «Aprelevka» - 590 kg oltin qazib olgan bo‘lsa, 540 kg oltin boshqa kichik artellar va korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
««Zarafshon» QKda ishlab chiqarish hajmining kengayishi boyituvchi yangi fabrikalar qurilishi bilan erishildi. Umuman, 2007 yildan beri «Zarafshon» QK investori – Xitoyning Zijing mining kompaniyasi korxonani rivojlantirishga 306 mln dollar miqdorida sarmoya kiritdi», - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, «Zarafshon» 2016 yilda mis konsentratini ishlab chiqishni boshlagan. U Qozog‘istonda yakuniy mahsulotga aylanadi. Vazirlikka ko‘ra, mis konsentratini Tojikistonda qayta ishlash «Zarafshon» qoshida barpo etiladigan metallurgiya zavodi ishga tushgach, yo‘lga qo‘yiladi.
Ta'kidlash joizki, Tojikiston oltini, asosan, mamlakat ichkarisida sotiladi. Uni respublika moliya vazirligi va milliy banki xarid qiladi.
Kumush qazib olish borasida ham yuqori natijaga erishilgan. 2016 yilda 3,2 tonna kumush (2015 yilgi ko‘rsatkichdan 200 kg ko‘p) qazib olingan, uning 98 foizi Yevropa mamlakatlariga eksport qilingan.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024