Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gazeta o‘qigan holda avtobus boshqargan haydovchi qattiq jazolandi
"Toshshaxartransxizmat" kompaniyasi yo‘lovchi avtobusini gazeta o‘qib turgan holda boshqargan haydovchiga nisbatan jazo choralarini qo‘lladi. Bu haqda tashkilot boshlig‘i Otabek Sodiqov ma'lumotiga asoslanib, “Sputnik” nashri xabar bermoqda.
“Biz bu haydovchiga nisbatan tegishli ishlarni olib bordik va uni pastroq klassdagi "Isuzu" avtobusiga o‘tkazish bilan jazoladik. Shu bilan birga, uning oylik maoshi miqdori va haydovchilik kategoriyasi pasaytirildi. Biz shunga o‘xshash xatoliklarga jiddiy e'tibor qaratamiz, aholining shikoyatlarini o‘rganib chiqamiz va aybdorlarga nisbatan tegishli jazo choralarini qo‘llaymiz", — dedi tashkilot rahbari.
Bundan avval Toshkent shahridagi 51-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi transport vositasini haydab ketayotgan paytida gazeta o‘qiyotgani tasvirlangan videosi e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
22:38 / 23.05.2026