Jamiyat | 17:57 / 26.01.2017
9453
2 daqiqa o‘qiladi

Ilmiy ishlab chiqarish markazi dehqon va fermerlar uchrayotgan muammolarni hal etadigan bo‘ldi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi olim va mutaxassislari dehqon va fermerlar uchrayotgan ko‘pgina muammolarni hal etishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishdi. Bu haqda ilmiy markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur markaz olim va mutaxassislari fermer va dehqonlarga tomorqadagi ekinlar parvarishi, qayta parvarish bilan bog‘liq ishlar, sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olish, bog‘da parvarish qilinayotgan mevali daraxtlardan ko‘zlangan hosilni yetishtirish, bog‘ mevalaridagi zararkunanda hasharot va kasalliklarni bartaraf etish borasida o‘z tavsiyalarini berishni maqsad qilishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ilmiy markazda fermer va deqonlarni qiziqtiradigan boshqa ko‘plab masalalar, jumladan, tuproq sharoitida g‘o‘za, g‘alla, sholi, mosh, soya, no‘xat,makkajo‘xori, loviya va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining qaysi navlarini yetishtirish mumkinligi haqida ham tavsiyalar beriladi.

Bundan tashqari,  chorvachilikka, xususan, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, baliqchilik, yilqichilikka qiziqadiganlarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatiladi. 

Mazkur ilmiy markaz manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2 uy. 
Telefon: (371) 260 52 08, faks: 260-52-04. 
Elektron pochta manzili: [email protected]

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid