Ortda qolgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim yangiliklari - Kun.uz dayjestida.

Banklar soliq organiga avtomatik ma’lumot uzatişi taklif etildi

206 mln söm. Agar sizning kartangizga odamlar oyiga şunça miqdordan köp pul ötkazsa, soliqçilarning söroq-savoliga tayyor turişingizga töğri kelişi mumkin. Soliq qömitasi kartadan kartaga ötkazmalarni monitoring qilişga oid navbatdagi hujjat loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.

Loyihaga köra, jismoniy şaxsning bank kartasiga boşqa jismoniy şaxslardan bir oy davomida BHMning 500 baravari, ya’ni 206 mln sömga teng miqdorda mablağ kelib tuşsa, banklar bu haqda avtomatik ravişda soliq organiga xabar berişi taklif etilyapti. Bunda P2P-tuşumlarning jami miqdorini hisoblaşda yaqin qarindoşlarning ötkazmalari hisobga olinmaydi.

Soliq qömitasi jismoniy şaxslarning pul ötkazmalarini yaşirin tadbirkorlik faoliyati gumoni bilan nazorat ostiga olişga bir neça yildan beri urinib keladi. Bundan avval, turli yillarda kuzatilgan kamida uçta şunga öxşaş uriniş bank siri bilan boğliq tanqidlar va Senat, Markaziy bank kabi idoralarning qarşiligi bilan amalga oşmay qolgandi. Oxirgi marta 2023 yilda jamoatçilik muhokamasi va huquqiy ekspertizasiz bir farmonga qöşib yuborilgan norma Konstitutsiya yangilanganidan keyin bekor qilingan edi.

Oyiga 206 mln söm – yetarliça baland çegara bölib körinadi, lekin asosiy masala – mexanizmning yaratilayotgani. Boz ustiga, 500 BHM deb belgilangan miqdor keyinçalik pasaytirilmaydi, deb heç kim kafolat berayotgani yöq. Qolaversa, bu galgi loyiha avvalgilaridan ança kengroq qamrovga ega ekani bilan ham ajralib turadi. Çunki endi nafaqat jismoniy şaxslar, balki yuridik şaxslarning ham bank sirlari haqida gap ketyapti.

Qaror loyihasida yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning yirik miqdordagi moliyaviy operatsiyalari haqida banklar tomonidan soliq organiga ma’lumot uzatib turilişi közda tutilyapti. Bundan taşqari, ularning hisobiga naqd pul va tölov terminallari orqali böladigan barça tuşumlar haqidagi ma’lumotlar ham Soliq qömitasi ixtiyorida jamlanişi taklif etilgan.

Hujjat loyihasiga Markaziy bank hozirça munosabat bildirmadi. Jamoatçilik muhokamasi regulation.adliya.uz saytida 8 iyulgaça davom etadi.