03:51 / 26.01.2017
14712

Ispaniya kubogi. "Selta" "Real"ni chorak finalda qoldirib ketdi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya kubogining chorak finalida "Selta" o‘z maydonida "Real Madrid"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi va "Selta"ni yarim finalga olib chiqdi. 

O‘yinning 44-daqiqasida Daniloning avtogoli evaziga mezbonlar oldinga chiqib olishgan bo‘lsa, 62-daqiqada Ronaldu jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. 85-daqiqada Vassning goli evaziga "Selta" yana bir marotaba uchrashuvda oldinga chiqib oldi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida Vaskes hisobni tenglashtirdi. 

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 2:1 hisobida "Selta" foydasiga hal bo‘lgan edi. "

Selta – Real Madrid 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar:
1:0 – 44, avtogol Danilo, 1:1 – 62 Ronaldu, 2:1 – 85 Vass, 2:2 – 90 Vaskes.
Selta – Alvares, Malo, Kastro, Kabral, Ronkalya, Vass (Gomes, 88), Radoya, Dias, Bongonda, Aspas (Fontas, 90), Gvidetti (Xosabed, 84).
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Ramos, Danilo, Kroos, Kovachich, Kazemiro (Dias, 89), Asensio (Vaskes, 76), Isko (Morata, 80), Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Malo (35), Vass (54), Kastro (72), Danilo (75).

Mavzuga oid
Top