Jahon | 08:06 / 26.01.2017
2485
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi ko‘chki qurbonlari soni 25 nafarga yetdi

Italiyaning markaziy qismida qor ko‘chkisi ostida qolgan mehonxonada qutqaruvchilar 25 yanvarda kunduzi fojianing 25-qurbonini aniqlashdi. Endi bedarak yo‘qolganlar soni 4 kishigacha kamaygan.  

Askanews axborot agentligining ma'lum qilishicha, o‘t o‘chiruvchilar vayronalar va qor uyumlari ostidan ayol kishining jasadini chiqarib olishgan.   

Fojia 18 yanvarda zilzila va kuchli qor yog‘ishi sababli yuz bergan. Gran-Sasso tog‘ massivida joylashgan Rigopiano mehmonxonasi qor ko‘chkisi ostida qolgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid