Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivanka Tramp ishlash uchun Oq uyga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi
AQSh prezidenti Donald Tramp qizi Ivanka kelajakda Oq uyga ishga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Hozirda u Vashingtonga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, bu yerga moslashish bilan band. Uning turmush o‘rtog‘i Jared (Kushner), juda yaxshi, aqlli yigit, u ofisda (Oq uyda ishlaydi – tah.). Biroz vaqt kutib, so‘ng nima bo‘lishini ko‘ramiz. U – juda ham qobiliyatli qiz. Men bu borada istalgan vaziyat ro‘y berishi mumkinligini aytmoqchiman", - dedi Tramp AVS telekanaliga bergan intervyusida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Kushner hozir “juda ham yaxshi ishlamoqda”.
Avvalroq Tramp Kushnerni Oq uydagi o‘zining katta maslahatchisi etib tayinlagandi. U savdo kelishuvlari va Yaqin Sharq masalalari bilan shug‘ullanadi.
Ivanka Trampning o‘zi esa Oq uyda ishlamasligi xabar qilingan.
AQSh kongressi vakillar palatasidagi demokratlar guruhi AQSh bosh prokurori va axloq bo‘yicha boshqarmadan Tramp kuyovining prezident maslahatchisi etib tayinlanishi qonuniyligini baholashni talab qildi. AQSh adliya vazirligi prezidentning Kushnerni o‘z maslahatchisi etib tayinlash haqidagi qarori Amerika qonunchiligiga, xususan, “Urug‘-aymoqchilik bilan kurash” haqidagi qonunga zid emasligini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, Trampning birinchi turmushi vaqtida tug‘ilgan Ivanka Tramp 35 yoshda bo‘lib, otasining Trump Organization kompaniyasi rahbariyatida ishlagan.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
18:19 / 03.12.2020