O‘zbekiston | 15:39 / 26.01.2017
16289
1 daqiqa o‘qiladi
Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumaniga yangi hokim tayinlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 24 yanvar kuni Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashining navbatdan tashqari yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi M.Yerniyazov ishtirok etdi va tuman hokimi lavozimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Yembergenov Jyengisbay Saginbayevichni taklif etdi.
Taklif etilgan nomzodni Kengash deputatlari qo‘llab-quvvatlab, so‘zga chiqishdi.
Sessiyada J.Yembergenov Xo‘jayli tumani hokimi bo‘lib tasdiqlandi.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024