Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Trampga Suriyadagi xavfsiz hududlar borasida maslahat berdi
AQSh Suriyada xavfsiz hududlarni tashkil etish tufayli yuzaga keladigan barcha ehtimoliy holatlar haqida o‘ylashi lozim, deya ma'lum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Bu qochqinlar bilan vaziyatni yanada yomonlashtirib yubormasligi juda muhim», - dedi u. Peskov Vashington Moskva bilan bu masalada maslahatlashmaganini ham aytdi.
Kreml vakili shuningdek, prezident Vladimir Putin va Amerika yetakchisi Donald Tramp o‘rtasidagi telefon muloqotida hech qanday kelishuvlarga kelinmaganini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Tramp Suriyada qochqinlar uchun xavfsiz hududlarini yaratishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik. Uning fikricha, Yevropa millionlab insonlarga (qochqinlar. – tah.) Germaniya va boshqa davlatlarga kelishga ruxsat berib, katta xatoga yo‘l qo‘ygan. Shu bilan bir qatorda, milliarder AQShda Yevropadagi qochqinlar bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelishini istamasligini aytib o‘tdi.
Tramp tomonidan hozircha imzolanmagan hujjatga ko‘ra, Amerika rahbari Pentagon va davlat departamentiga xavfsiz hududlarni aniqlash bo‘yicha reja ishlab chiqish vazifasini yuklaydi. Hujjat matni bilan Reuters tanishib chiqqan. Farmon loyihasiga ko‘ra, xavfsiz hududlar Suriyaning o‘zida, shuningdek yaqin atrofdagi davlatlarda tashkil etilishi lozim. Ularda qochqinlar vatanlariga qaytarib yuborishlari yoki boshqa davlatlar ular qabul qilishlarini kutishlari mumkin bo‘ladi.
Reuters’ning ko‘rsatishicha, bu qadam AQShning Suriyadagi fuqarolik urushiga harbiy aralashuvini oshirishi mumkin – aynan shuni Oq uyning avvalgi egasi Barak Obama istamagan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:50 / 11.07.2026