Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livanda Isroil razvedkasi josuslari hibsga olindi
Foto: RIA
Livan umumiy xavfsizlik xizmati xodimlari mamlakat hududida Isroilning “Mossad” razvedkasi uchun ma'lumot yig‘ish bilan shug‘ullangan josuslarni qo‘lga oldi. Bu haqda xavfsizlik xizmati tomonidan OAV uchun tarqatilgan bayonotda aytiladi.
“Isroil foydasiga josuslik qilishni to‘xtatish bo‘yicha, shuningdek Livan hududida dushmanga tegishli bo‘lgan guruhlarni fosh qilish ishlari doirasida... Livanning ikki nafar fuqarosi, qochqinlik maqomiga ega falastinlik va ikki nafar Nepal fuqarosi hibsga olindi", - deyilgan bayonotda.
Hujjatda ta'kidlanishicha, ayblanuvchilar so‘roq paytida yig‘ilgan ma'lumotni Isroilning Turkiya, Iordaniya, Buyuk Britaniya va Nepaldagi elchixonalari bilan telefon orqali bog‘lanib, yetkazishganini tan olganlar.
Shuningdek, Nepaldan bo‘lgan agentlar Livanda istiqomat qiluvchi nepalliklarni Isroil foydasiga ma'lumot yig‘ishga jalb etishgani ham ma'lum bo‘ldi.
"Agentlik tarmog‘ining boshqa a'zolarini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor tadbirlar davom etmoqda", - deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
13:11 / 19.01.2026