14:08 / 26.01.2017
23293

MEDIAPARK Qoratosh savdo markazi yangiliklari: nima uchun aynan shu yer oilangiz bilan ajoyib vaqt o‘tkazishingizga arziydi?

MEDIAPARK Qoratosh savdo markazi o‘z ichiga qulay hordiq chiqarish imkoniyati va butun oilaga mo‘ljallangan xaridlarni amalga oshirish uchun uch qavatni qamrab oladi: maishiy texnika tovarlari, elektronika, uydagi shinamlikka mo‘ljallangan mahsulotlardan tortib - eng katta italyan restoranigacha.

MEDIAPARK Qoratosh maishiy texnika va elektronika do‘koni

Siz savdo markazining birinchi qavatiga tashrif buyurib, ixcham savdo zaliga kirasiz. Sizning oldingizda kichik va yirik maishiy texnika hamda elektronikaga tegishli barcha tovarlar paydo bo‘ladi. Do‘kon assortimenti doimo yangilanib boradi. Yangi mavsumda Bosch, Siemens, Philips, SONY kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning maishiy texnika yangiliklari, xususan, musiqa markazlari, gaz plitalari, havo tortib olish qurilmalari, mikroto‘lqinli pechlar, changyutgich va boshqa mahsulotlar bilan to‘ldirildi. Shuningdek, faqatgina MEDIAPARK tarmog‘ida taqdim etilgan tovarlar ham endilikda sizga muntazir. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariluvchi General Mobile Discovery yangi smartfoni ham sotuvga chiqarilgan.

Mahsulotlarni ko‘rgan, biroq yetarli mablag‘ni to‘play olmaganlar esa kredit yoki pulni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Faqatgina hujjatlarni taqdim etib, boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish kifoya – mahsulot uyingizda siz va yaqinlaringizga foyda keltira boshlaydi.

MEDIAPARK do‘konida hayot qaynaydi: xaridorlar aksiyalar va maxsus takliflarni kutishadi. Shu tariqa, butun 2017 yilda tug‘ilgan kunlarini nishonlayotganlar MEDIAPARK Qoratosh do‘konida maishiy texnika va elektronika xarid qilish uchun -5 foizli chegirmaga ega bo‘ladi. Aktsiyada ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat (haydovchilik guvohnomasi/pasport/tug‘ilganlik haqida guvohnoma) bilan kelib va tug‘ilgan kun kuponini olish kifoya.

Do‘konda yanvar oxiridan boshlab Food testing – kichik maishiy texnika yordamida tayyorlangan taomlar degustatsiyasi boshlanadi. Endilikda tashrif buyuruvchilar u yoki bu qurilmada taomlar tayyorlanish jarayonini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Xaridorlar uchun yana bir maxsus taqdim etiluvchi imkoniyat – bu Multi MaFé restoran majmuasi bilan qo‘shma aksiya: har bir xaridor ma'lum mablag‘ga sotib olsa Multi MaFé mazali pitssasi sovga tariqasida beriladi.

Do‘kon ish vaqti: dam olish kunlarisiz har kuni 10:00 dan 20:00 gacha.
Yagona aloqa markazi: +99871 203 33 33.  
Facebook’dagi rasmiy sahifa

Señor & Señorita uy aksessuarlari do‘koni

Savdo markazining ikkinchi qavatida joylashgan Señor & Señorita Do‘koni o‘z ichiga uyda shinamlikni paydo qiluvchi sifatli mahsulotlarni qamrab olgan: uy gazlamasi, bezash aksessuarlari, chinni va fayansdan idish-tovoq to‘plami, stol jihozlari to‘plami, innovatsion oshxona buyumlari, uyga mo‘ljallangan aromaparfyum va boshqa ko‘plab tovarlar. Do‘kon qamrovini tasavvur qiling – bu hayotingiz yanada ixcham bo‘lishi va har kuni bayramdek o‘tishi uchun 10 000 dan ortiq tovarlar bor. Do‘konga yanvarda Karaca Home, Sarev, Pepper Home choyshablar to‘plamlari va interer tegishli noyob aksessuarlar yangi kolleksiyalari keltirildi.

Qoratoshdagi Señor & Señorita  do‘koniga tashrif buyurganlar ma'lum bir summaga mahsulot xarid qilish jarayonida Multi MaFé pitssasini bepul olishadi. Tug‘ilgan kunini nishonlayotganlarni esa ajoyib syurpriz kutib turibdi – xarid uchun -5 foizlik chegirma.

Bundan tashqari, Señor & Señorita do‘konlarida yaqin vaqtdan boshlab mahsulotni pulni bo‘lib-bo‘lib berish orqali olish imkoni ham yaratildi. Bu mablag‘ni har oyda to‘plab qo‘yish va o‘ziga yoqqan tovarni xarid qilishni intiqlik bilan kutadiganlar uchun juda ham qulay. Masalan, siz juda ham ajoyib yotoqxona choyshabidan unga bo‘lib-bo‘lib pul to‘lab turib, foydalanishingiz mumkin. Bu ayniqsa, sarpa tayyorlayotganlar uchun juda ham qulay. Endilikda ota-onalar va kelin sarpaga mo‘ljallangan butun to‘plamni avvaldan tanlab olishlari va buning uchun bir vaqtning o‘zida katta miqdordagi pulni ishlatish borasida tashvishga tushmasliklari mumkin.

Ish vaqti: dam olish kunlarisiz har kuni 10:00 dan 20:00 gacha.
Aloqa raqami: +99871 202 77 00.  
Facebook’dagi rasmiy sahifa

Multi MaFé  eng katta italyan restorani

MEDIAPARK Qoratosh savdo markazining uchinchi qavatida kichik Italiya bor - bu Multi MaFé. U yangi formatdagi restoran majmuasi bo‘lib, 250 kishiga mo‘ljallangan, umumiy maydoni esa 3000 kvadrat metrga teng. O‘zbekistondagi eng katta italyan restorani do‘stlar va hamkasblar bilan uchrashuvlar, shuningdek oilaviy hordiq uchun juda ham mos joydir.

Tayyorlanayotgan taomlarning asosiy ingrediyentlari Italiyadan olib kelinadi. Restoran mehmonlari ilk bora yoqib qolgan taomlar tarkibiy qismlarini restoran majmuasi ichida joylashgan market va «Sharkuteri» gastronomidan sotib olishlari mumkin. Shirinlikni mazza qilib iste'mol qiluvchilar uchun esa alohida qahvaxona tashkil etilgan. U yerda juda ham ajoyib oliy turdagi qahva, shirinliklar, mualliflik retsepti bilan tayyorlangan qandolat va shokolat mahsulotlari bor.  

Multi MaFé – bu oilaviy va bolalar bayramlarini maxsus ko‘ngilochar dastur orqali o‘tkazish mumkin bo‘lgan oilaviy restoran. Noyob bolalar hududi esa farzandingizni haqiqiy ertaklar olamiga olib kiradi. Restoran mehmonlarini italiyalik bosh oshpaz Roberto Zizi tomonidan ko‘plab yangiliklar kiritilgan yangi menyu kutmoqda. 2017 yil davomida barcha tug‘ilgan kunini nishonlovchilar uchun istalgan chekka -10 foizlik chegirma amal qiladi.

Multi MaFé restoran majmuasida oilangiz bilan ajoyib hordiq chiqaring

Taomlar shinavandlari uchun yana bir ajoyib yangilik - Multi MaFé’da yaqin vaqt ichida mamlakat tarixidagi birinchi an'anaviy Italiya oshxonasi festivali, aynan esa pasta va pitssa festivali bo‘lib o‘tadi. Restoran majmuasi barchani haqiqiy Italiya pitssasini tatib ko‘rib, bu mamlakatga birozga bo‘lsa-da g‘oyibona sayr qilishga taklif etadi. Festival haqida ma'lumot Multi MaFé’ning Facebook’dagi rasmiy sahifasida

facebook.com/multimafe va multimafe.uz saytida taqdim etiladi.
Ish vaqti: dam olish kunlarisiz 10:00 dan 22:00 gacha.  
Stollarga buyurtma berish: +99871 203 22 22. 

 

1-  va 2-qavatlar ATRIUMINI IJARAGA OLISh

MEDIAPARK Qoratosh savdo markazi rahbariyati hamkorlikka tayyor hamda 1- va 2-qavatdagi atriumni ijaraga taqdim etadi. MEDIAPARK Qoratosh SMga har kuni 3000 dan ortiq kishi tashrif buyuradi. Bu hududda mahsulotingiz joylashtirilsa, uni tashrif buyuruvchilar birinchi bo‘lib ko‘radi. Batafsil ma'lumot uchun +99871 203 33 33 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top