Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NHK: Yaponiyada kalamush tanasida sichqon a'zosi yetishtirildi
Tokio universitetining bir guruh olimlari, kalumush tanasida sog‘lom oshqozon osti bezini o‘stirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bunda ular sichqonning ildiz hujayralaridan foydalanishgan, deb xabar qilmoqda NHK telekanali.
Olimlar dunyoda birinchi bo‘lib tirik organizmning a'zosini yetishtirishning uddasidan chiqishgan. Shu bilan birga, bu natijaning yana bir e'tiborli jihati, turlar darajasida yetishtirilganidir, ya'ni bir hayvonga tegishli organ boshqa jonzot tanasida yetishtiriladi. Tayyor a'zo ko‘chirib o‘tkazilganidan so‘ng, oshqozon osti bezi to‘liq faoliyat ko‘rsatgan. Olimlarning fikricha, bu tajribaning muvaffaqiyati, inson tana a'zolarini boshqa hayvonlarda yetishtirib, so‘ngra ko‘chirib o‘tkazishga imkon beradi. Biroq, bunday transplantologiyaning istiqboli xalqaro tibbiy jamiyatda turli axloqiy savollarni keltirib chiqarmoqda.
Tadqiqot guruhining navbatdagi qadami maymun ichki a'zosini cho‘chqa tanasida yetishtirib ko‘rishga urinish bo‘ladi. Yaponiyada tadqiqot maqsadida inson ildiz hujayralarini hayvonlar tanasida qo‘llashga ruxsat beriladi. Biroq, klonlashtirish va sun'iy tirik organizmlarni ishlab chiqish taqiqlangan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026