Jahon | 16:57 / 26.01.2017
4893
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Chikagodagi motam marosimidagi otishmada olti kishi yaralandi

AQShning Chikago shahrida (Illinoys shtati) o‘tkazilayotgan motam marosimida chiqqan otishmada olti kishi yaralandi. Ular orasida 12 yashar qizcha ham bor. Chicago Tribune gazetasining yozishicha, yaradorlar turli darajada jarohatlanishgan va shifoxonaga yotqizilgan. Ular orasidan bir nafarining ahvoli og‘ir hisoblanmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, otishma sodir etganlar motam marosimida ishtirok etayotgan bir kishini yo‘q qilish uchun harakat qilishgan. Uning nomi yaralanganlar qatorida qayd etilgan. Politsiya otishma uyushtirgan jinoyatchilardan birortasini ham tutishga muyassar bo‘lmagan.

AQSh prezident Donald Tramp ABC telekompaniyasi bilan 25 yanvar kuni o‘tkazgan intervyusida Chikagodagi bugungi jinoiy vaziyatni Afg‘onistondagi holat bilan tenglashtirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid