Jamiyat | 18:06 / 26.01.2017
8212
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent yo‘nalishli mikroavtobuslarida jyetonlar joriy qilinadi

Toshkent shahrida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘nalishli taksilarda yo‘l haqi uchun jyetonlarni joriy qilish rejalashtirilmoqda. Loyiha 2017 yil ikkinchi choragida amalga oshiriladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» tomonidan tashkil qilingan matbuot anjumanida malum qilindi, deb yozgan Uz24.uz sayti. 

Ayni vaqtda jyetonlarni joriy qilish mexanizmi va uning qiymatiga oid masalalar hal qilinmoqda. Masalan, avtobuslarda bir xil 1 200 so‘mlik yo‘lkira belgilangan bo‘lsa, yo‘nalishli taksilardagi yo‘lkira yo‘nalish masofasi va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi va u 1 200 so‘mdan boshlanadi. 

Rejaga ko‘ra, yo‘nalishli taksilar uchun jyetonlar bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Agar, yo‘lkira haqi ko‘proq bo‘lsa, yo‘lovchi yetmagan mablag‘ni to‘laydi, agar kam bo‘lsa, haydovchi qaytim beradi. 

Jamoat transportida qaytim masalasi doimiy muammo ekani hisobga olinsa, bu yechim qanchalik qulayligi xususida berilgan savolga, «Toshshahartransxizmat» vakili ayni shu masala hozirda ko‘rib chiqilayotganini bildirgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid