Jamiyat | 19:46 / 26.01.2017
15731
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MTRK raisining sobiq o‘rinbosari «O‘zbekkino» bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi qaroriga asosan Mahmudov Nizom Jalolovich «O‘zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda agentlikning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Ma'lumot uchun, N.Maxmudov shu kunga qadar Vazirlar Mahkamasining mas'ul xodimi lavozimida faoliyat yuritgan. 

Bungacha esa ko‘p yillar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid