Salafi solihlar va ulardan keyin ötgan uluğ zotlar hayotiga nazar solsak, özimiz uçun köp ibrat olamiz. Ular biz uçun yölçi yulduzdirlar. Ulardan örnak olib, yuksak odoblar ila ziynatlanamiz, çin inson böliş baxtiga erişamiz.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uluğ sahobalari, jannat başorati berilgan zot Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning quyidagi sözlariga e'tibor beraylik: “Men bir mömin bandaning yon tarafidagi bir dona tuk bölib qolişni orzu qilardim” (Manba: Imom Ahmad, “Kitobuz zuhd”).
Urva ibn Zubayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir meş suvni yelkasida kötarib ketayotganini kördim va: “Ey, möminlar amiri! Bu iş sizga töğri kelmaydi”, dedim. U bölsa: “Mening oldimga turli odamlar itoat etgan holda ta'zim qilib kelişganida, özimda kibr-manmanlik alomatini sezdim. Endi öşani sindirişni xohlayman”, dedi” (Manba: Ibn Qayyim, “Madorijus solikin”).
Muborak ibn Fazoladan rivoyat qilinişiça, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu va bir kişi örtasida qandaydir gap ötdi. Şunda u kişi Umarga: “Ey möminlar amiri, Allohga taqvo qiling!” dedi. Şunda boşqa bir kişi: “Ey, sen! Möminlar amiriga: “Allohga taqvo qiling!” deysanmi!?” deb xitob qildi. Umar roziyallohu anhu: “Uni öz holiga qöy, gapiraversin. Uning gapi qanday yaxşi!?” deb, sözida davom etdi: “Agar sizlar öşa sözni aytmasangiz, u holda sizlarda yaxşilik yöq ekan. Agar biz uni qabul qilmasak, bizlarda yaxşilik yöq ekan”, dedi (Manba: Ibn Javziy, “Tarixu umar”).
Qays ibn Abu Hozimdan rivoyat qilinadi: “Umar ibn Xattob Şomga borganida uni mahalliy ulamolar va kiborlar qarşi olişdi. Şunda: “Mana bu ulovni mining. Odamlar sizni körişadi”, deyildi. Umar bölsa: “Sizlar amr (buyruq yoki iş) mana bu yerdan, deb öylaysizlar. Aslida amr ana u yerdan”, deb qöli bilan osmonga işora qildi va: “Yölimni oçib qöyinglar”, dedi”.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu tunda tahorat suvini özi tayyorlardi. Unga: “Xodimlaringizdan biriga aytsangiz bölardi”, deyildi. U zot: “Tunda ular dam olişadi”, deb javob berdi (Manba: “Tarixul xulafo”).
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu xalifalik çoğida xaçir minar, masjidda yolğiz özi uxlardi. Uni biron kişi qöriqlab turmasdi.
Köp molu davlat sohibi, saxovatpeşa Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu kiyiniş bobida öta kamtarligidan uni qullaridan ajratib bölmasdi.
Bir kuni Abdulloh ibn Mas'ud taşqariga çiqdi. Odamlar unga ergaşişdi. Şunda Ibn Mas'ud ularga: “Sizlarning biron işingiz bormi?” dedi. Odamlar: “Yöq, faqat siz bilan birga yurmoqçimiz”, deyişdi. Abdulloh: “Ortingizga qayting! Zero, bu işingiz ergaşuvçiga (sizlarga) xorlik, ergaşiluvçiga (menga) fitna (kibr va ğururga ketib qoliş) olib keladi”, dedi (Manba: “Sifatus sofva”).











