Jahon | 08:34 / 27.01.2017
9591
2 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey: G‘arb Rossiya bilan kuch vositasida hamkorlik qilishi kerak

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey G‘arb mamlakatlarini Rossiya bilan hamkorlik qilishda kuch ishlatish jihatidan yondashishga chaqirdi. Biroq, bunda siyosatni shunday yuritish kerakki, Moskva bilan yirik mojaro kelib chiqmasin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

«Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyatda «sovuq urush» davriga qaytish imkonsizdek. Biroq, biz Rossiya bilan kuch vositasida hamkorlik qilishimiz kerak. Shu bilan birga, biz munosabatlarimiz, tizim va jarayonlarni shunday yo‘lga qo‘yishimiz kerakki, yirik mojarodan ko‘ra, hamkorlik ehtimoli ko‘proq bo‘lsin», — degan Britaniya bosh vaziri AQShga uyushtirgan tashrifida. 

Birlashgan qirollik hukumati rahbarining qayd etishicha, Qrimning Moskva nazoratiga qaytishi sababli, shunday yo‘l tutish talab etilmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya bilan qo‘shni mamlakatlarga, ularning xavfsizligi borasida kafolat kerak. 

«Rossiya bilan qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarga, ularning xavfsizligi so‘roq ostida emasligi bo‘yicha kafolat berish kerak. Biz, Putinning talablarini qabul qilish bilan Sharqiy Yevropaga AQSh (sobiq) prezidenti (Ronald) Reygan va Tetcher xonim (Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri)ning keltirgan ozodlikni xavf ostiga qo‘ymasligimiz kerak», — deb qo‘shimcha qilgan Mey.

Mavzuga oid