Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda favqulodda vaziyatlarni boshqarish markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston hukumati Toshkent shahrini inqirozli vaziyatlarda boshqarish markazi, poytaxt aholisini kutilmagan hodisalar ro‘y berganda ogohlantirish inshootlarini tashkil etish qarorining loyihasini e'lon qildi. Hujjat matni O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytida joylashtirilgan.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, Toshkent shahrida inqirozli vaziyatlarda shaharni boshqarish Markazi barpo etiladi. U favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish ishlarini tahlil qilish, monitoringni amalga oshirish hamda FV oqibatlariga barham berish bosqichida kuchlar va vositalar samaradorligini ta'minlaydi. Bundan tashqari, aholini ogohlantirish, Toshkent shahri boshqarmalarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, aholidan xavfli hodisalar yoki FV paydo bo‘lishiga doir axborotlarni «112» yagona qisqa raqami orqali qabul qilish bo‘yicha bosh muvofiqlashtiruvchi organ bo‘ladi.
Shu bilan birga, bu Markazning tashkil etilishiga qaramay, aholidan shoshilinch xizmatlarning qisqa raqamlari bo‘yicha murojaatlarini ham qabul qilinishi davom ettiriladi.
Markazning sayyor loyihasini 2017 yil 1 mayiga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda, favqulodda vaziyatlar holatida aholiga ma'lumotlar berish bo‘yicha FM diapazonida yangi radiokanal ochiladi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026