Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda
AQSh prezidentining maslahatchisi Kellienn Konuey Fox News telekanaliga bergan intervyusida AQSh ma'muriyati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish masalasi ustida ish olib borayotganini tasdiqladi.
"Bu mavzular ko‘rib chiqilmoqda. Tabiiyki, butun dunyo bo‘ylab yetakchilar va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash masalalari kabi", deb javob bergan Konuey Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 yanvarda Moskvaga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishini telefon orqali muhokama qilishlari borasida berilgan savolga javoban.
29 yanvarda Atlantika kengashi xodimi Fabris Pote tvitterda "Vashingtondagi manbalarning aytishicha, Tramp ma'muriyatida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish buyrug‘i tayyor. AQSh prezidenti avval Merkel bilan, so‘ngra shanba kuni Putin bilan gaplashadi", deb yozgan.
27 yanvarda Trampning rasmiy vakili Shon Spayser AQSh prezidenti 28 yanvarda Fransiya prezidenti Fransua Olland, Germaniya kansleri Angela Merkel hamda Putin bilan suhbatlashishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:34
Muhojir yoshlar qopqonga tushmoqda - ularga tuzoq qo‘yganlar soyada ovni davom ettirmoqda
09:20
Zelenskiy: Rossiya asirligidan 157 nafar ukrainlik qaytarildi
08:55
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
23:08 / 05.02.2026