Sport | 11:51 / 27.01.2017
12265
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik futbolchi birinchi oyligi 60-70 ming so‘m atrofida bo‘lgani haqida gapirdi
«Olmaliq» klubining endilikda sobiq futbolchisiga aylangan Zohir Pirimov O‘zbekistonda futbol orqasidan olgan birinchi maoshini yodga olib o‘tdi.
«Ilk marta «Qizilqum» jamoasida maosh olgandim — chamasi 60-70 ming so‘m edi. Uni to‘lig‘icha otamga berganman. Shu orqali oila byudjyetiga hissa qo‘shganman.
Futbolni tanlashimga aynan otam turtki berganlar. U kishi chinakam muxlis. Bolaligimda birga futbol ko‘rgani stadionga borardik. Samarqandning «Dinamo» jamoasi o‘yinlarini qoldirmasdik. Menda aynan o‘sha payt futbolga nisbatan kuchli qiziqish shakllangan», deya Pirimovning so‘zlarini keltiradi «Interfutbol».
Mavzuga oid
20:17 / 15.10.2024
Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
17:08 / 15.10.2024
Prezident OKMKning muhandislik maktabi va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi
09:44 / 27.05.2024
Olmaliqda «Damas» kanalga tushib ketdi
19:03 / 08.05.2024