07:47 / 28.01.2017
7595

Kaliforniyalik amaldor qasamyodga qo‘lida Amerika kapitani qalqoni bilan tashrif buyurdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan mana shunday yo‘l bilan siyosiy jarayonga ozgina yengillik olib kirishni istagan. 

Kaliforniyaning San-Xose shahar kengashi a'zosi Lan Dip (Lan Diep) rasmiy qasamyod marosimiga Amerika kapitanining qalqoni bilan kirib kelgan. 2016 yilning dekabr oyida u rasmiy tarzda lavozimga tayinlangan edi, biroq joriy yilning 25 yanvar kuni u yaqinlari, do‘stlari va hamkasblari qarshisida tantanali qasamyod qabul qilishi lozim edi.  

«Men insonlar marosimga o‘zgacha tushuncha olib kirdi, deb o‘ylashlarini istamagan edim. So‘nggi vaqtlarda siyosiy vaziyatlar yetarlicha shafqatsiz. Bunday ish bilan men biroz bo‘lsa ham yengillik olib kelishni maqsad qilgan edim», — dedi Dip Washington Post nashriga bergan intervyusida.

Maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, u bir necha yillardan beri fantastik filmlar va komikslardagi aslahalarni yig‘ib keladi. Bundan tashqari, Dipning qo‘lidagi Stiv Rojyers qalqonining alyumin nusxasini  "o‘yinchoqlar do‘konidan topib bo‘lmaydi". Dipning hamkasblari uning ustidan kulishgan bo‘lsa-da, bu ishni hazilga yo‘yib, to‘g‘ri qabul qilishdi. 


 

Top