Jamiyat | 22:17 / 28.01.2017
10732
1 daqiqa o‘qiladi

Madagaskarda to‘y korteji avtohalokatga uchrashi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi

28 yanvarda Madagaskarning Anjozorobe shahri yaqinida yuk mashinasining ko‘prikdan daryoga qulashi oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 45 kishi, jumladan, 9 bola, 27 ayol va 9 erkak halok bo‘ldilar, yana 24 kishi jarohat olgan. Ulardan ko‘pchiligi cho‘kib ketgan. Halok bo‘lganlar to‘y kortyoji ishtirokchilari bo‘lganlar. Kelin-kuyovning 70 ga yaqin qarindoshini olib ketayotgan yuk mashinasi ko‘prikdan Mananara daryosiga tushib ketgan", deb aytgan telefon orqali shahar meri Lova Andriamanantsoa. 

"Kelin-kuyov ham voqea vaqtida mashinada bo‘lishgan. Ayni vaqtda yo‘l-transport hodisasi sababi noma'lumligicha qolmoqda, chunki haydovchi ham halok bo‘lgan", deb qo‘shimcha qildi mer.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid