Jahon | 20:05 / 28.01.2017
5548
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: NATO bazalaridagi deyarli 40 nafar turk harbiysi Germaniyadan boshpana so‘radi

NATOning nemis bazalarida xizmat qilayotgan taxminan 40 nafar turk harbiysi hukumatga Germaniyadan boshpana taqdim etishlarini so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Spiegel gazetasi xabar berdi.

Turkiyada 2016 yilning 16 iyulga o‘tar kechasi bir guruh harbiy isyonchilar tomonidan harbiy to‘ntarishga urinish yuz berdi. Asosiy qarama-qarshilik Anqara va Istanbul shaharlarida kuzatildi. Voqea tufayli 240dan ortiq turkiyalik fuqaro halok bo‘lib, 2 mingdan ko‘proq inson jarohat oldi, isyon bostirildi.

Gazetaning yozishicha, harbiy xizmatchilar Turkiyadagi “tozalash”ga tushib, NATOning GFRdagi bazalaridagi o‘z lavozimlarini tark etishgani tufayli Germaniyadan boshpana so‘rashgan.

Askarlardan birining so‘zlariga ko‘ra, ular “isyonchilarga nisbatan hayrixoh bo‘lishmagan”. “Tozalash jarayoniga tushgan askarlarning umumiy bir jihati bor – biz omadlimiz va G‘arbga nisbatan ijobiy kayfiyatdamiz”, - degan u.

“Biz Turkiyaga bu askarlarni qaytarib bera olmasligimiz aniq. U yerda ular darhol qamoqxonaga tashlanadi”, - deya ma'lum qilgan bundestag deputati, ichki xavfsizlik bo‘yicha ekspert Shtefan Mayyer.

Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaga payshanba, 2 fevral kuni tashrif bilan keladi.

Avvalroq Gretsiya oliy sudi Turkiyaga mamlakatga 2016 yilning 16 iyul kuni vertolyotda qochib kelgan sakkiz nafar harbiy xizmatchini bermasligi haqida qaror qabul qildi. Sud ona vatanlarida ularning hayoti xavf ostida bo‘ladi degan fikrni bildirgan. Turkiya ularni mamlakat prezidenti Toyyib Erdo‘g‘anga suiqasd qilishni tayyorlashda ayblamoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid