Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Nobel laureatlari Trampning muhojirlik siyosatiga qarshi chiqishdi
foto: AP
11 nafar Nobel laureati va boshqa minglab taniqli olimlar AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga muhojirlar kirishini cheklash haqidagi farmoniga qarshi arznomaga imzo chekdi. Bu haqda The Washington Post gazetasi xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, arznoma prezident farmoni e'lon qilingunga qadar - 26 yanvargacha tashkil etilib, tarqatilgan. Hujjatga 27 yanvar kuni holatiga ko‘ra Nobel laureatlari, Filds mukofoti medalchilari, AQSh ilm-fan milliy akademiyasi a'zolari, Jon Beyts Klark medallari sohiblari, shuningdek, Mak-Artur stipendiyasi egalari imzo chekkan. Norozilikka xorijiy akademiklar ham qo‘shilishi ehtimolga yaqin. Ular kelajakda AQShda o‘tkaziladigan anjumanlarni baykot qilishlari mumkin. Bundan tashqari, xorijlik talabalar AQShdan qayergadir ketishsa, o‘z o‘qishlarini davom ettira olmasliklaridan xavotirda, deb yozgan nashr.
Arznomada AQSh prezidenti xatti-harakatlari “kamsituvchi” deb atalib, “AQSh milliy manfaatlariga zarar keltirishi” hamda “Amerika jamiyatiga juda ham katta yuk bo‘lib tushishi” aytilgan.
Ma'lumot uchun, Amerika davlat rahbari so‘nggi uch kun davomida muhojirlik siyosatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan uchta farmonga imzo chekdi. Tramp juma kuni AQShda qochqinlarni joylashtirish dasturini 120 kunga to‘xtatib turish haqidagi farmonga qo‘l qo‘ydi. Bu muddat yakuniga yetgach hukumat bir yil davomida 50 mingdan ortiq qochqinni mamlakat hududiga kiritmaydi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
17:41 / 06.10.2022
Short-listdagi favorit: Zelenskiy Nobel mukofotini oladimi?
12:54 / 05.10.2021