Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sh.Mirziyoyev Komiljon Otaniyozov haykalini barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
Shavkat Mirziyoyev xorazmliklar bilan saylovoldi uchrashuvida 2017 yilda O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash, mashhur hofiz nomi bilan ataladigan zamonaviy ijod markazi va uning tarkibida go‘zal bog‘ tashkil etishni taklif qilgan edi.
Davlat rahbari mazkur ijod markazi qurilish uchastkasini borib ko‘rdi. Bu yerda Komiljon Otaniyozov haykalini barpo etish, iste'dodli yoshlarning adabiyot va san'at, kino, fotografiya sirlarini o‘rganishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Urganch tumanidagi 11-bolalar musiqa va san'at maktabida mehnat faxriylari, san'at va adabiyot namoyandalari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va ma'naviyatini yuksaltirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish haqida so‘z bordi.
Uchrashuv qatnashchilari madaniyat va san'atni rivojlantirishga qaratayotgan e'tibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
11:00 / 02.04.2026