Jahon | 09:12 / 28.01.2017
11300
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: qochqinlarni qabul qilishda Suriyadagi nasroniylarga ko‘proq e'tibor qaratiladi

Foto: cnn.com

AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni qochqinlik maqomi berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda suriyalik nasroniylarga ko‘proq e'tibor qaratishi haqida ma'lum qildi.

Trampdan Christian Broadcasting Network’ga bergan intervyusida nasroniylarga e'tibor kuchaytiriladimi, deb so‘rashgan.

"Ha, ular bilan juda ham yomon munosabatda bo‘lishmoqda. Agarda siz suriyalik nasroniy bo‘lsangiz, Qo‘shma Shtatlarga kirish juda ham mushkul. Agarda siz musulmon bo‘lsangiz, kirishingiz mumkin edi, biroq nasroniy bo‘lsa – bu deyarli imkonsiz bo‘lgan", - dedi u.

Tramp so‘zlariga ko‘ra, nasroniylar Suriyada ko‘proq terrorchilardan aziyat chekishmoqda. "Ular (terrorchilar) u yerda hammaning boshini tanasidan judo qilishgan, biroq ko‘proq nasroniylar jabr ko‘rgan. O‘ylashimcha, bu nohaqlik. Shuning uchun biz ularga (nasroniylarga) yordam beramiz", - dedi u.

Tramp bir yil avvalgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida ham nasroniylarni himoya qilishga va'da bergan. Nasroniy jamoat tashkilotlari vakillari bu insonlar bir qator mamlakatlarda, birinchi navbatda, Yaqin Sharqda xavf ostida qolayotganliklarini ma'lum qilishgandi. 

Ma'lumot uchun, AQSh 2016 moliyaviy yilda Suriyadan 12,5 ming qochqinni qabul qilgan. Bu esa ko‘plab boshqa davlatlar, jumladan, Turkiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan ancha kam degani.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid