22:34 / 28.01.2017
9164

Tramp va Merkel o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Foto:twitter.com/@PressSec

Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser tvitterda AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqot qilganini ma'lum qildi.

"AQSh prezidenti Germaniya kansleri Merkel bilan Oval xonadan turib telefonda suhbatlashmoqda. Bu bugunga belgilangan 5 ta davlat rahbari bilan telefon suhbatlaridan biri", deb yozgan Spayser.
 
Oq uy vakili Tramp suhbat chog‘ida aks etgan suratni ham chop etgan.

Mavzuga oid
Top