Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-liga. Hisobga olinmagan gol tufayli «Barselona» ochko yo‘qotdi
Ispaniya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida kutilmagan natija qayd etildi.
«Betis» o‘z uyida «Barselona»ni qabul qilib, birinchi davrada uchralgan 2:6 hisobidagi mag‘lubiyat uchun qasos olishi mumkin edi. 75-daqiqada Aleksander Alegriya mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay kataloniyaliklar hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Biroq darvoza chizig‘ini kesib o‘tgan to‘pni hakamlar ko‘rishmadi va gol inobatga olinmadi. Ammo «Barselona» baribir gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 90-daqiqada Luis Suares Messi tomonidan uzatib berilgan to‘pni darvozaga joylab, kataloniyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ushbu durangdan keyin «Barselona» hisobidagi ochkolar soni 42taga yetdi. Jamoa «Real»dan ikkita uchrashuv ko‘p o‘tkazgan holda bir ochko ortda qolmoqda.
Ispaniya La-ligasi, 20-tur
Betis – Barselona 1:1 (0:0)
Gollar: Alegriya (75) – Suares (90).
Betis: Adan, Pichchini, Toshka, Petstselya, Mandi, Sebalos, Pardo (Donk, 69), Petros (Rafa Navarro, 86), Durmisi, Alegriya (Matias Nauel, 85), Ruben Kastro.
Barselona: ter Shtegen, Pike, Mate, Din (Alba, 68), Aleish Vidal, Rakitich, Denis Suares (Andre Gomesh, 59), Turon (Serji Roberto, 68), Neymar, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Pike (43), Petros (67), Rakitich (70), Ruben Kastro (78), Andre Gomesh (78).
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026