Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: Tramp va Putinning muloqoti munosabatlarni yaxshilashda muhim qadam bo‘ldi
AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashda muhim qadam bo‘ldi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilmoqda.
«Mazkur ijobiy qo‘ng‘iroq tiklashga muhtoj bo‘lib turgan Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashda muhim qadamdir», — deyiladi xabarda.
Oq uy ma'muriyatining qayd etishicha, Tramp va Putinning 28 yanvardagi suhbatidan so‘ng, ikki tomon ham zudlik bilan terrorizmga qarshi kurash va «o‘zaro foydali boshqa muhim masalalarni hal etish»ga kirishadi.
Tramp matbuot xizmatida ma'lum qilishlaricha, prezidentlar suhbati «IShIDga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikdan tortib, Suriya hamda butun dunyoda tinchlikka erishish bo‘yicha hamkorlikka doir bo‘lgan».