Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Oskar"ga nomzodi qo‘yilgan film rejissyori Trampning yangi farmoni "qurboni" bo‘ldi
"Kommivoyajyer" filmi "Oskar"ga nomzod bo‘lgan eronlik rejissyor Asqar Farhodiy AQSh prezidenti Donald Trampning qat'iylashtirilgan migratsiya siyosati tufayli mukofotni topshirish marosimiga kela olmaydi. Bu haqida Eron-Amerika kengashi rahbari Trita Parsiy o‘zining Twitter'ida xabar berdi.
"Asqar Farhodiyning "Oskar"da ishtirok etishi uchun Erondan AQShga qo‘yib yuborilmasligi tasdiqlandi", - deb yozdi u.
Associated Press'ning ma'lum qilishicha, Amerikaning kinematografiya san'ati akademiyasi yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishda ekanligini bildirgan.
Farhodiyning o‘zi hozircha bu borada hech qanday izoh bermadi.
Mavzuga oid
16:27 / 02.02.2026
Eronda «Oskar»ga nomzod bo‘lgan film ijodkorlaridan biri hibsga olindi
21:23 / 22.01.2026
"Oskar" kinomukofotiga nomzodlar e’lon qilindi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025