Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sh.Mirziyoyev maktab, kollej, litsey va oliygohlarda 100 foiz davomatni ta'minlashga chaqirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Xorazm viloyatida bo‘lib, u yerdagi ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat bilan yaqindan tanishdi hamda mazkur hudud rahbarlari bilan uchrashdi.
"Biz jamiyatimizdagi quyi pog‘onadagi tartib, intizom va mas'uliyatni mutlaqo o‘zgartirmoqchimiz. Eng zaif tomonimiz - yoshlar bilan shug‘ullanmayapmiz. Buni gapirish oson, endi shug‘ullantiradigan tizim joriy etishimiz kerak. Mas'uliyatli odamlarni shu lavozimlarga qo‘yishimiz kerak.
Viloyatning eng kattasidan kichigigacha ro‘yxatni olib, "Nima uchun sen kollejga kelmading? Nima uchun maktabga kelmading?" deya nazorat qilishi lozim. Shuning uchun mana shu jamoatchilik - 6-7 ta jamoat tashkilotlari menga bir narsani ta'minlab bera olmayapti - maktab, kollej, litsey, oliygohga 100 foiz davomat olib kelish kerak!
Maktab yo kollejga kelmagan ota-onani nima uchun televizorda ko‘rsatmaysiz? U kimning bolasi? U yosh - davlatning kelajagi! Nima uchun biz davlat vakili bo‘lib yurt kelajagiga befarq bo‘lishimiz kerak?! "Nima uchun sening bolang maktabga kelmadi?" deb bir marta gazeta yoki televideniyeda chiqaringlar... yurgan bilan yurganning farqi bor.
Bir xonadoniga kirdingizmi, u yerga davlat nazari tushganligini bildirib chiqinglar. Menga qog‘ozam, hisobotam kerak emas, sizlarni xalq qabul qilishi kerak, odamlar "Shularning otasiga rahmat deyishi kerak".
Mavzuga oid
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
11:00 / 02.04.2026