Sh.Mirziyoyev: "Menga majlis kerak emas, bitta tumanga borib, 10 ta xonadonni rozi qilish kerak!"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan yaqindan tanishib, hudud rahbarlari bilan bu borada uchrashuv o‘tkazdi.
"Viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan bor-yo‘g‘i 10 korxona mavjud. Bugungi kunda ushbu korxonalar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarning atigi 17,3 ming tonnasi yoki 1,8 foizi qayta ishlanmoqda - bu nima degan gap?
Qo‘shko‘pir, Xonqa, Xiva, Shovot va Yangiariq tumanlarida 173,4 ming tonna meva va sabzavot yetishtirilishiga qaramasdan, tumanlar hokimlarining mas'uliyatsizligi natijasida birorta ham qayta ishlash korxonasi tashkil etilmadi.
Tasdiqlangan dasturga asosan, ushbu yo‘nalishda 2017 yilda 33 ta, 2018 yilda 15 ta loyiha amalga oshirish kerak. Bu ahvolda 2018 yil yakuniga borib, meva-sabzavotni qayta ishlaydigan korxonalar soni 58 taga yetadi va bor-yo‘g‘i 9 foiz mahsulotni qayta ishlash imkoniyati tug‘iladi.
Nima uchun men bu raqamlarni keltiryapman? Hurmatli tuman hokimi va Po‘lat Razzoqovich (viloyat hokimi), yozib olishingiz kerak. Bu juda muhim narsa. Nima uchun men shuncha piyoda yurib, hammaga sinchiklab-sinchiklab tushuntirayapman? Bu bekorga emas - endi sizlar xuddi shunday qilishingiz kerak.
Menga majlis kerak emas, bitta tumanga borib, 10 ta xonadonni rozi qilish kerak, ikkita korxona tashkil qilish kerak! Uning tagidagi pirovard maqsad nima - ishchi joy. Bir yil shu tizimda ishlaylik, jamiyat o‘zgaradi, vaziyat o‘zgaradi, odamlar ishonadi. Kimga ishonadi? Davlatga ishonadi!", - deya ta'kidladi Prezident.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:02
-
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
-
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 00:30
-
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 23:49 / 29.05.2025
Mavzuga oid

14:45 / 29.05.2025
O‘zbekistonda geografik ko‘rsatkichlar asosida tovar belgilari yaratilishi mumkin

16:24 / 28.05.2025
Akademik Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi

17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”

19:26 / 26.05.2025