Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Avstraliya qochqinlarini qabul qilishga tayyor
AQSh prezidenti Donald Tramp qochqinlar masalalari bo‘yicha Avstraliya bilan imzolangan kelishuvni bajarishga tayyorligini bildirdi. Mazkur bitim prezident Barak Obama davrida imzolangan edi. Bu haqda Avstraliya hukumati matbuot xizmati vakili ma'lum qilgan. AQSh prezidenti Tramp va Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull o‘rtasidagi telefon orqali muloqotda shu haqda so‘z borgan.
"Prezident, uning ma'muriyati qochqinlarning ko‘chishiga doir 2016 yilda ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida erishilgan kelishuv shartlariga rioya qilishda davom etishini tasdiqladi, - degan matbuot xizmati vakilasi. – Ikki mamlakat yetakchilari betartib va noqonuniy muhojirlikka barham berish borasida yakdil fikrda ekanliklarini bildirishgan".
Mazkur kelishuvga ko‘ra, AQSh Avstraliya tomonidan Manus oroli (Papua - Yangi Gvineya) va Nauru orol davlatida tashkil etilgan lagerlardagi bir necha yuz qochqinni qabul qilishi kerak. Bu lagerlardagi qochqinlarning aksariyati Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolaridir.
Avstraliya, o‘z navbatida, AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan Markaziy Amerika (Kosta-Rika lagerlaridagi) qochqinlarini qayta joylashtirish dasturida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, Avstraliya hukumati rahbari bir necha marotaba "gap odamlarni ayirboshlash haqida bormayotgani"ni ta'kidlagan.
Mavzuga oid
15:09
AQShdagi qor bo‘roni: o‘nlab qurbonlar, bekor qilingan minglab aviareyslar va o‘zgarayotgan prognozlar
14:42
Kiyev: Tramp 15 maygacha tinchlik shartnomasini tuzishga intilmoqda
09:58
Meksika chegarasida to‘qnashuv: odam kontrabandasida gumonlanuvchi yaralandi
21:56 / 27.01.2026