Jahon | 08:41 / 29.01.2017
9866
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp IShIDni yakson qilish rejasini tuzishga ko‘rsatma beradi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga IShID terrorchilik tashkilotini yakson qilish uchun taktik rejani tuzishga ko‘rsatma beradi. Bu haqda Oq uyning yuqori lavozimdagi xodimiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Tramp buyrug‘ini bajarishga 30 kalendar kuni beriladi.

Avvalroq Oq uy Pentagon nomiga prezident ko‘rsatmasi loyihasi tayyorlanayotganini ma'lum qilgandi. Unda Pentagon IShIDga qarshi kurashni jumladan artilleriya va vertolyotlar yordamida kuchaytirishga chorlangan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid